DataLife Engine / Xotin-qizlar bandligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Xotin-qizlar bandligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Tasdiqlangan media-rejaga asosan tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida bir qator tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyurildi. Xususan, Gulshan mahallasida joylashgan tadbirkor ayol Mahmudova Farog`at tomonidan tashkil qilingan issiqxona faoliyati bilan tanishildi. Mazkur issiqxona 6 gektar maydonda tashkil etilgan bo`lib, unda 60 nafar xotin-qizlar bandligi ta`minlangan. Bundan tashqari, Nurli Maskan mahallasida joylashgan tadbirkor ayol Tojiyeva Mahsuda tomonidan tashkil qilingan to`quvchilik sexi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. To`quvchilik sexida kasanachilik asosida ayollar ro`moli tayyorlanib, mahalladagi 20 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta`minlangan. Shuningdek, Oqtepa mahallasida joylashgan “Muborak Zarnigor noni va milliy shirinliklari” MCHJ rahbari Qo`chqorova Mahsudaning faoliyati bilan ham tanishildi. Tadbirkor Qo`chqorova Mahsuda ish faoliyati davomida 15 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlagan.
23-03-2024, 10:20
Вернуться назад